Tolibon ilmiy asarlarni turk va oʻzbek tillariga tarjima qilishni taqiqladi

Saqlash
09:04 / 24.04.2024 822 0

Tolibon Oliy taʼlim vazirligi Juzjon universitetida akademik targʻibot uchun ilmiy asarlarni turk va oʻzbek tillariga tarjima qilishni taqiqladi. Bu haqida Aamaj News qoʻlga kiritilgan hujjatga tayanib xabar berdi.

 

 

Vazirlik turk tillari oʻrniga xorijiy ilmiy asarlarni pushtu va fors tillariga tarjima qilish zarurligini bildirgan. Shuning uchun tashkilot Afgʻoniston shimolidagi universitetlarning oʻzbek hamda turk tili va adabiyoti boʻlimlariga ana shunday topshiriq bergan.

 

Maʼlum boʻlishicha, shu paytgacha oʻzbek hamda turk tili va adabiyoti professor-oʻqituvchilari ilmiy targʻibot maqsadida xorijiy ilmiy asarlarni oʻzbek tiliga tarjima qilib kelayotgan edi.

 

Endilikda Tolibon oʻzbek tilida soʻzlashuvchi shimoliy viloyatlarda birinchi marta turk va oʻzbek tillaridan foydalanishga toʻsiq qoʻymoqda, deyiladi xabarda.

 

Xabarga koʻra, oldinroq Tolibonning Eronga qarshi pozitsiyasi oʻzgarishi ortidan muassasalarning barcha rasmiy hujjatlari pushtu tiliga oʻzgartirilib, fors madaniyati, fors asarlari va arboblari yoʻq qilingan.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish