Qogʻoz yigʻuvchi shahar hokimi boʻlishga nomzod boʻldi

Saqlash
11:04 / 02.04.2024 1295 0

Turkiyaning Gaziantep shahri hokimi boʻlish uchun koʻngilli nomzod boʻlgan qogʻoz yigʻuvchi Ramazon Karabudak 3 mingdan ziyod ovoz oldi. U bu bilan koʻplab partiya yetakchilarini ortda qoldirgani aytilmoqda.

 

 

37 yoshli Ramazan Karabudak 31-mart kuni shahar hokimligiga oʻz nomzodini qoʻygan. Uning oʻzi garchi 20 mingdan ortiq ovoz olishini, kuchli ikkilikka chiqishini kutgan boʻlsa-da, yakunda 3 mingdan ortiq ovoz olgani maʼlum boʻldi.

 

Ammo bu u uchun yomon natija emas. Chunki Ramazan Demokratik Soʻl Partiya, Mustaqil Turkiya partiyasi, Demokratik Partiya, ANAP, Vatan partiyasi va Millat partiyasidan koʻrsatilgan koʻplab nomzodlarni ortda qoldirib, shahar boʻyicha nomzodi qoʻyilganlar TOP-10 taligiga kirgan.

 

 

U oʻz maqsadiga yeta olmagani, yaʼni hokim boʻlolmaganini bot-bot taʼkidlar ekan, saylovda yutib chiqishiga qattiq ishonganini aytgan.

 

Shuningdek, Karabudak “nega oʻzingizga partiya tanlamadingiz?” mazmunidagi savolga, “partiya tanlamaginimning boisi, odamlar ulardan charchaganidadir” deb javob bergan.

 

 

“Yillar davomida partiya aʼzosi boʻlgan odamlardan yuqori ovoz olganimdan juda xursand boʻldim. Kelajakdagi maqsadlarimdan biri men ham qaysidir partiyaga aʼzo boʻlish. Meni qoʻllab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildiraman”, degan Ramazan u bilan suhbatlashganlarga.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish