Fuqaro “portal”ga oʻzi uchun alohida “skoriy” soʻrab murojaat yoʻlladi

Saqlash
12:03 / 29.03.2024 2183 0

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabarga koʻra, ushbu fuqaro Toshkent viloyatida yashaydi.

 

 

U oʻz murojaatida surunkali qon bosimi oshib, yuragi sanchib turishidan aziyat chekishini yozar ekan, tez tibbiy yordam 2-3 minutda kelmasa ogʻirlashib qolishini, shu sabab “bir inson hayotini(ng) qadri uchun shaxsan oʻziga bir dona tez tibbiy yordam biriktirib berilishini” soʻragan.

 

Shuningdek, fuqaro bozorga borganda tez tibbiy yordam ham oʻzi bilan birga borishi kerakligini aytgan.

 

“Koʻchada yoki bozorda mazam boʻlmay qolsa, koʻchada nimadir boʻlib qolsam, kim javob beradi?” deya fuqaro oʻz murojaatini yakunlagan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish