Joylarda “Chiqindisiz dunyo uchun!” ekoaksiyasi oʻtkaziladi

Saqlash
17:03 / 28.03.2024 1807 0

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan “World Zero-Waste day” munosabati bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri hamda viloyatlarda keng jamoatchilik bilan birgalikda “Chiqindisiz dunyo uchun!” ommaviy plogging ekoaksiyasi tashkil etiladi.

 

Tadbir Oʻzbekiston boʻylab joriy yilning 30-mart (shanba) kuni soat 10:00da boshlanadi.

 

Ekoaksiya respublikamiz boʻylab hududlarning quyidagi manzillarida oʻtkaziladi:

Toshkent viloyati — Toshkent dengizi sohili boʻyida;

Toshkent shahri — Yakkasaroy tumani, Sharshara koʻchasida;

Sirdaryo viloyati — Guliston shahri, “Yangi Hayot” MFY, Buyuk kelajak koʻchasida;

Jizzax viloyati — Sharof Rashidov tumani, “Toqchilik” MFY va Uchtepa dahasini bogʻlovchi katta yoʻl yoqasida;

Samarqand viloyati — Samarqand shahri, “Hishrav” qoʻrgʻonida;

Navoiy viloyati — Navoiy shahri, “Kimyogar” MFY, Amir Temur koʻchasida;

Buxoro viloyati — Buxoro shahri, “Somoniylar” istirohat bogʻining eski qalʼa devori bilan tutash hududida;

Surxondaryo viloyati — Boysun tumanida;

Xorazm viloyati — Urganch shahri, “Amir Temur” istirohat bogʻida;

Qashqadaryo viloyati — viloyat markazidagi “Alisher Navoiy” nomidagi istirohat bogʻi hududida;

Andijon viloyati — Andijon tumani, “Yangi Andijon” massivida;

Namangan viloyati — To'raqo'rgon tumani, “Baxt” MFY hududidan oʻtuvchi avtomobil yoʻlida;

Fargʻona viloyati — Fargʻona shahri, “Satkak” dam olish ziyoratgohida;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi — Nukus shahri, “Doʻstlik kanali” boʻyi dam olish maskanida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish