Adidas quti shaklidagi poyabzalni ommaga taqdim qildi

Saqlash
10:03 / 28.03.2024 1289 0

Bu gʻalati eshitilishi mumkin, ammo kompaniya rostdan ham bu ishni qilgan. Mazkur quti shaklidagi poyabzal “Box Shoe” deb ataladi.

 

 

Krossovka mohiyatan Adidasʼning anʼanaviy koʻk qutisi boʻlib, u teskari qilingan(qopqogʻi yerga qaragan) va old qismi teshilib, qalin bogʻichlar oʻtkazilgan. Oyoq kiradigan joyida esa “quloqcha”si ham boʻlib, u tekis qirqilgan karton boʻlakchasini eslatadi. Bunday antiqa oyoq kiyim asoschi Edison Chen yangi “krasovka” suratlarini baham koʻrar ekan, uning sotilish yoki sotilmasligi haqida hech qanday maʼlumot bermagan.

 

 

Taxminlarga koʻra, bu Adidasʼning 1-aprelga tayyorlagan “bayram sovgʻasi” boʻlishi mumkin. Chunki mahsulot kodi AF0104 etib koʻrsatilgan. Ushbu kod 1-aprelga ishora qilayotganga oʻxshaydi.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish