Migratsiyasi agentligi Rossiyaga ketayotganlarni ogohlantirdi

Saqlash
16:03 / 27.03.2024 1074 0

Agentlik terakt sabab mamlakat boʻylab xavfsizlik choralari kuchaytirilayotganini taʼkidlar ekan, Rossiyaga borayotgan, ushbu mamlakat hududida boʻlib turgan yoki mamlakatdan chiqib ketayotgan Oʻzbekiston fuqarolaridan xavfsizlik choralari talablarini inobatga olgan holda harakatlanishni soʻragan.

 

Xavfsizlik choralari deyilganda quyidagilar nazarda tutiladi:

▫️ shaxsni tasdiqlovchi va mamlakatda boʻlish yoki ishlash huquqini beruvchi hujjatlarni birga olib yurish;

▫️ jamoat joylariga sababsiz bormaslik;

▫️ notanish yoki shubhali insonlar bilan muloqotga kirishmaslik;

▫️ telefon va boshqa qurilmalarda taqiqlangan foto, audio va video materiallarni saqlamaslik;

▫️ safar rejalashtirilgan boʻlsa, vokzal yoki aeroportga belgilangan vaqtdan oldinroq borish.

 

“Yurtdoshlarimiz biror muammoga duch kelganda yoki oʻzlarini qiziqtirgan boshqa savollar bilan mamlakatimizning konsullik idoralari yoki Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasiga murojaat qilishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish