Olimlar smartfonlarni hojatga olib kirmaslikni tavsiya etadi

Saqlash
15:03 / 27.03.2024 1385 0

Hozirgi kunda har bir shaxsning eng yaqin sherigi uning qoʻl telefonidir. Rostdan ham, smartfonlar ehtiyojlarimizni qondirsa ham, qondirmasa ham doim yonimizda boʻladi. Aytaylik, ovqat yesak ham, yoʻlda yursak ham, dars qilsak ham va baʼzilarimiz uchun hojatga kirganda ham smartfon qoʻlimizda boʻladi.

 

Britaniyalik olimlar smartfonni hojatxonaga olib kirmaslikni tavsiya qiladi.

 

Sababi, uyali telefonlar oʻzida mikroblarni yaxshi saqlar ekan. Jumladan, ichak tayoqchasidan tashqari, turli patogenlar, masalan, yalligʻlanish jarayonlari va nafas olish muammolari tugʻilishiga sabab boʻladigan stafilokokklar, sil va difteriyaga olib keladigan aktinobakteriyalar, siydik yoʻllari infeksiyasini keltirib chiqaradigan va hatto sepsisga duchor qiladigan sitrobakteriyalar ham smartfonda yaxshigina saqlanib qolar ekan.

 

Olimlarning fikricha, telefon displeyida yotgan mikroblar siydik yoʻllari orqali tanaga kirishi mumkin. Shuning uchun, smartfon bilan hojatxonaga bormaslik tavsiya etiladi.

 

Bunday yomon odat yana bitta yoqimsiz kasallikning rivojlanishiga sabab boʻlishi isbotlangan. Bu – gemorroy.

 

Soʻnggi yillarda olimlar odamlar hojatxonada koʻproq vaqt oʻtkaza boshlaganidan xavotirga tushmoqda.

 

Smartfon bilan hojatxonada oʻtirish tanaga noodatiy bosim tushishiga sabab boʻladi. Shifokorlar hojatxonada uzoq vaqt oʻtirish gemorroyga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantiradi. Ularning fikricha, kuniga 6-8 daqiqa hojatxonada oʻtirish maʼqul. Uzoq vaqt oʻtirish ichakning keraksiz kuchlanishiga olib keladi.

 

Olimlar 1 200 nafar isroilliklarda tadqiqot oʻtkazgan. Maʼlum boʻlishicha, isroilliklar kuniga oʻrtacha 24 daqiqani hojatxonada oʻtkazar ekan. Ammo respondentlarning 8 foizi har kuni 1-2 soat hojatxonada oʻtirishlarini tan olgan. Ularning 25 foizida gemorroy tashxisi qoʻyilgan. Bu koʻrsatkichlar esa kuniga atigi 10 daqiqa hojatxonada oʻtirganlarga qaraganda 2 baravar yuqori.

 

Shuningdek, Arizona universiteti olimlari umumiy hojatxonalardagi “unitaz” qopqogʻiga qaraganda smartfonda mikroblar 10 barobar, agar telefon gʻilofli boʻlsa,17 barobar koʻp boʻlishini isbotladi.

Shunngdek uchun, mutaxassislar telefonni muntazam tozalab, artib turishni tavsiya qiladi. Chunki mikroblar qoʻl orqali smartfonga oʻtishi mumkin. Qoʻl doimiy yuvilgani uchun unda mikroblar saqlanib qolishi ehtimoldan yiroq, ammo smartfonlarni tozalab turish har doim ham xayolimizga kelmaydi. Oqibatda, mikroblar ham smartfonimiz kabi har soniyada bizga hamroh boʻladi.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish