Xorazmda kelinlar oʻz seplarini MIB yordamida qaytarib oldi

Saqlash
10:03 / 27.03.2024 1248 0

Maʼlum boʻlishicha, oila qurganiga bir yil oʻtar-oʻtmas ikki yosh oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga chiqqan. Shu sabab kelin ota uyiga qaytib keladi va kuyovdan seplarini qaytarib berishni talab qiladi.

 

Biroq, turmush oʻrtogʻining uyidan oʻziga tegishli boʻlgan mulklarni olib ketmoqchi boʻlganida qarshiliklarga duch kelgan. Shu sababli, u seplarini erining uyidan olib berishini soʻrab, sudga murojaat qilishga majbur boʻlgan.

 

Fuqarolik ishlari boʻyicha Bogʻot tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor Gʻ.A.(er)dan undiruvchi M.T.(xotin)ning foydasiga 17 turdagi mol-mulklarini olib berish belgilangan.

 

Mazkur ijro hujjati Byuroning Bogʻot tuman boʻlimi ish yurituviga kelib tushgan.

 

Boʻlim davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida undiruvchining mol-mulklari toʻliqligicha olib berilgan va hujjat ijrosi tamomlangan.

 

 

 

Bundan tashqari, yana shunga oʻxshash ish boʻyicha Byuroning Bogʻot tuman boʻlimiga ijro hujjati kelib tushgan.

 

Unda qarzdor R.M.(er)dan undiruvchi B.S.(xotin)ning foydasiga 53 xil turdagi 26,4 mln. soʻmlik sep olib berish belgilangan.

 

Mazkur ijro hujjati yuzasidan davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan harakatlar davomida undiruvchining mol-mulklari toʻliqligicha oʻziga olib berilib, hujjat ijrosi taʼminlangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish