Prezident Yangi Namanganni barpo etishga oid taqdimot bilan tanishdi

Saqlash
18:03 / 26.03.2024 1333 0

Shavkat Mirziyoyev Yangi Namangan shahri bosqichlari boʻyicha taqdimot bilan tanishdi.

 

 

Shahar qurilishi ikki yil oldin boshlangan edi. Bugungi kunda u yerda 2 ming 764 ta xonadonli koʻp qavatli uy-joylar barpo etilgan, yana 648 ta xonadonli uylar qurilmoqda.

 

Maʼlumotga koʻra, yangi shahar 200 ming aholiga moʻljallangan boʻlib, uning hududida bogʻcha, maktab va boshqa ijtimoiy muassasalar, ish oʻrinlari uchun sanoat zonasi boʻladi. “Yangi Oʻzbekiston bogʻi” ham shu yerda barpo etiladi.

 

Taqdimot davomida Prezident uning qulaylik, xavfsizlik, sifatli ekspluatatsiyani mujassam etgan aqlli shahar boʻlishi kerakligini taʼkidlagan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish