Nomaʼlum qotil tomonidan otib ketilgan oʻzbekistonlik erkak kasalxonada vafot etdi

Saqlash
10:02 / 23.02.2024 1783 0

Sankt-Peterburgda oʻzbekistonlik haydovchi otib ketilganligi haqida xabar berilgan edi.

 

Maʼlumotlarga koʻra, komaga tushgan jabrlanuvchini hayotga qaytarish uchun choralar koʻrilganiga qaramasdan, erkak kecha, 22-fevral kuni shifoxonada jon bergan.

 

Tekshiruvlar natijasida aniqlanishicha, vafot etgan 42 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi Viktor Patrushev ism-sharfli advokatning haydovchisi boʻlib ishlab yurgan. Taxminlarga koʻra, nomaʼlum qotil uni haydovchini advokat deb oʻylagan. Chunki advokat firibgarlikka aloqasi borligi aytilmoqda. Ammo bu hali shunchaki taxmin.

 

Hozirda “inson hayotiga suiqasd qilish” jinoyati bilan shaxsi aniqlanmagan qotil qidirilmoqda.

 

Maʼlumot uchun, hodisa 20-fevral kuni Sankt-Peterburg koʻchalaridan birida sodir boʻlgan edi. Oʻshanda qotil haydovchining boshiga toʻpponcha bilan oʻq uzgan. Vafot etgan oʻzbekistonlik 2 kunlik komadan soʻng hushiga kelmasdan, vafot etgan.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish