Oʻzbekistonda har ming kishiga 103 ta avtomobil toʻgʻri kelmoqda

Saqlash
11:02 / 13.02.2024 637 0

Statistika agentligining olingan idoraviy maʼlumotlariga koʻra, 2024-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan yengil avtomobillar soni 3,8 milliontani tashkil etgan.

 

Jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan yengil avtomobillar soni har 1000 nafar doimiy aholiga oʻrtacha 103 ta toʻgʻri kelgan.

 

Aholiga tegishli jami avtotransport vositalari:

 

Yengil avtomobillar – 3 759 045 ta;

 

Yuk avtomobillari – 240 917 ta;

 

Avtobuslar – 6 297 ta;

 

Mikroavtobuslar – 9 102 ta;

 

Maxsus transportlar – 5 383 ta.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish