Korrupsiyani sezish indeksi eʼlon qilindi

Saqlash
13:01 / 31.01.2024 655 0

Transparensy International tomonidan o‘tkaziladigan Korrupsiyani sezish indeksi(Corruption perceptions index)ning 2023-yil yakunlari bo‘yicha berilgan maʼlumotlarida ko‘ra, O‘zbekiston oldingi o‘rniga qaraganda 5 pog‘ona yuqorilagan. Yaʼni, maʼlumotda O‘zbekiston 100 balldan 33 ball olgan. Agar 2022-yilga qaraladigan bo‘lsa(31 ball), baholashga 2 ball qo‘shilgan.

 

Maʼlumot uchun, avvalgi yillarda O‘zbekistonning o‘rni:

▫️ 2022-yilda 126-o‘rin;

▫️ 2021-yilda 140-o‘rin;

▫️ 2020-yilda 146-o‘rin;

▫️ 2019-yilda 153-o‘rin;

▫️ 2018-yilda 158-o‘rin.

 

Korrupsiyani sezish indeksi 1995-yildan buyon eʼlon qilib kelinadi. U davlat tizimida korrupsiyaning qabul qilinish darajasini aks ettiruvchi hamda ekspertlar va ishbilarmonlar so‘rovi asosida shakllanuvchi 13 ta manbadan tashkil topgan har yillik indeks hisoblanadi. Mezonga ko‘ra, 0 ball – korrupsiyani qabul qilishda eng yuqori ko‘rsatkich, 100 ball – eng past shkala hisoblanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish