Endi avtomototransport vositasini notarial idoraga bormasdan sotish mumkin

Saqlash
12:01 / 19.01.2024 1700 0

O‘zbekistonda avtomototransport vositasini notarial idoraga bormasdan sotish imkoniyati yaratildi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

 

Unga koʼra, sotuvchi E-notarius.uz axborot portalida “Notarial harakatni rasmiylashtirish”ni tanlaydi, oʼzining shaxsiga oid maʼlumotlarni kiritadi va notarial harakatni yaratadi.

 

- sotuvchi sotilayotgan avtomototransport vositasini tanlaydi va narxini kiritadi; 


- sotuvchi sotib oluvchining  JShShIRni, shaxsini tasdiqlovchi hujjat seriyasi va raqamini va telefon raqamini kiritadi;


- sotib oluvchining telefoniga SMS xabarnoma yuboriladi. Sotib oluvchi havolaga kirib Face-Id orqali verifikatsiyadan oʼtadi va roziligini tasdiqlaydi; 


- avtomatik tarzda yoki ixtiyoriy  notarius tanlanadi; 


- notarius notarial harakatni rasmiylashtirishga qabul qilib, vaqtni belgilaydi va  taraflarning mobil telefoniga SMS xabarnoma yuboriladi; 


- belgilangan vaqtda notarius taraflar ishtirokida videokonferensaloqa orqali notarial harakatni rasmiylashtiradi;

 

Bitimning asl nusxalari taraflarga kuryerlik (pochta) xizmati orqali yuboriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish