O‘zbekistonda inflyatsiyani jilovlashga katta e’tibor qaratiladi

Saqlash
13:01 / 16.01.2024 1038 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tyapti.

 

Yig‘ilishda aytilishicha, mutasaddilarga 2023-yil boshida benzin boʻyicha yetarli zaxira qilish topshirigʻi berilgan. Narx oshmasligi uchun benzin bir yil davomida aksiz soligʻidan ham ozod qilingan.

 

Shunga qaramay, benzin oʻtgan yil davomida oʻrtacha 19 foizga qimmatladi.

 

“Bu – transport xarajatlari qimmatlashib, ishlab chiqarish va eksportda tannarx oshdi, degani.

 

Takror va takror aytaman. Inflyatsiya – aholi va biznes daromadlari uchun soliq. Uni jilovlamasak, kambagʻallik kamaymaydi, iqtisodiy oʻsish boʻlmaydi!”, degan prezident.

 

Ta’kidlanishicha, kelgusi yilda butun dunyoda oziq-ovqat narxlari oshishi ehtimoli yuqori. Mahsulotlar inflyatsiyasini faqat oziq-ovqatni koʻpaytirish orqali jilovlash mumkin.

 

Endilikda har yili mahsulotlarni koʻpaytirish boʻyicha maxsus hukumat qarori qabul qilinadi. Har bir tarmoq vaziriga narx barqarorligini taʼminlash boʻyicha KPI belgilanadi. Har haftada hukumat yigʻilishidagi birinchi masala inflyatsiyani jilovlashga bagʻishlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish