“Alibaba“ Namanganda mintaqaviy markazini ochadi

Saqlash
14:08 / 10.08.2023 1042 0

Xitoyning dunyoga mashhur yirik elektron-onlayn savdo giganti hisoblangan “Alibaba” korporatsiyasi delegatsiyasi ayni paytda mamlakatimizda boʻlib turibdi, deya xabar bermoqda OʻzA.

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov korporatsiya vitse-prezidenti Kris Chjou boshchiligidagi yirik investorlarni qabul qilgan.

Kris Chjou tekstil, sanoat, axborot texnologiyalari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportini yoʻlga qoʻyish uchun Namangan mintaqaviy markaz boʻlishiga ishonch bildirdi.

Uchrashuvdan soʻng viloyat rahbari mehmonlarni mintaqaviy markaz uchun tavsiya etilgan “IT-Park“ Namangan filialidagi bino-inshootlar bilan tanishtirgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish