O‘quv muassasasidagi zo‘ravonlik haqida xabar berish uchun Telegram-bot ishga tushirildi

Saqlash
14:10 / 28.10.2021 893 0

Oliygoh, professional ta’lim muassasasida biron-bir ko‘rinishda tegajog‘lik, tazyiq yoki zo‘ravonlik sodir etilgan bo‘lsa, yoxud ana shunday nojo‘ya xatti-harakatlar tahdidiga uchralsa yoki guvohi bo‘lgan bo‘lsa, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1006 ishonch telefoniga yoki @himoya_otv_bot ga murojaat qilish so‘ralmoqda.

«Shaxsingiz va shaxsiy ma’lumotlaringiz sir saqlanishi kafolatlanadi. Sizga zarur bo‘lgan barcha yordam ko‘rsatiladi, nojo‘ya xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik, sodir etilgan har bir holat bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilishi ta’minlanadi», deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish