Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi


Saqlash
18:12 / 04.12.2023 4660 2

Oyina.uz portali o‘zbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA O‘QISHI SHART BO‘LGAN 10 KITOB” tavsiyasini berishda davom etadi.

 

Loyihaning 63-kuni Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi:

 

1. Jeyms Joys, “Uliss” romani;

2. Stendal, “Qizil va qora” romani;

3. Abdulla Oripov, “Yillar armoni” to‘plami;

4. Frensis Skott Fisjerald, “Buyuk Getsbi” romani;

5. Ernest Heminguey, “Chol va dengiz” qissasi;

6. Abdulla Qodiriy, “O‘tkan kunlar” romani;

7. Mixail Bulgakov, “Usta va Margarita” romani;

8. Frans Kafka, “Jarayon” romani;

9. Chingiz Aytmatov, “Alvido Gulsari” qissasi;

10. Nozim Hikmat, “Inson manzaralari” asari.

 

Normat Tursunov 1972-yili Toshkent viloyati Chinoz tumanida tug‘ilgan. Mutaxassisligi injener-iqtisodchi.

 

Normat Tursunov mehnat faoliyatini Toshkent shahri Akmal Ikromov (hozirgi Uchtepa) tumani davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan (1994). Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari (2010–2015), Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i (2015–2017), O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari (2017–2018), Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i (2018–2021) lavozimlarida ishlagan.

 

2021-yildan Navoiy viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. 2022-yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi etib saylandi.

 

Oyina.uzni Telegramda oʻqing!

2 Izohlar

Yusupov Mamur

22:12 / 04.12.2023

Bu takliflar albatta haqli. Kitob oʻqishni ham qanaqa kitob oʻqoshni ham bilish kerak. Mutoalaga ham vaqt topish kerak, kerak boʻlsa shart deb oʻylayman.

Habibulloh

20:12 / 04.12.2023

Orasida Qur'oni Kariym yo'qligi meni ajablantirdi.

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Adabiyot

18:04 / 05.04.2024 0 19453
Yaponiya sotuvga qo‘yiladi

San’at

11:08 / 28.08.2021 8 16794
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi