Jurnalist Gulmira Musajonova “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi


Saqlash
18:11 / 15.11.2023 746 0

Oyina.uz portali oʻzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʻQISHI SHART BOʻLGAN 10 KITOB” tavsiyasini berishda davom etadi.

 

Loyihaning 61-kuni jurnalist Gulmira Musajonova “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi:

 

1. Dunyo xalqlari ertaklari. Miflar. Adabiyot men uchun aynan ertaklardan boshlangan. Avval boshda ularni adam aytib berardilar, keyin oʻzim oʻqiy boshladim.

2. Alisher Navoiy asarlari, ayniqsa, “Mahbub ul-qulub” asari

3. Gogol, “Shinel” qissasi va boshqa asarlari

4. Chexov asarlari, ayniqsa, “Ilohiy yolgʻon” (Svyataya loj) hikoyasi

5. Erkin Aʼzam asarlari (Ayniqsa, “Anoyining jaydari olmasi”, “Navoiyni oʻqigan bolalarhikoyalari)

6. Nazar Eshonqul, “Qora kitob” qissasi, "Shamolni tutib bo‘lmaydi" hikoyasi va boshqa asarlari

7. Murod Muhammad Doʻst asarlari, ayniqsa, “Lolazor” romani

8. Gabriel Garsia Markes, “Buzrukning kuzi” romani.

9. Jorj Oruell, “Molxona” va “1984” romanlari

10. Lev Tolstoyning Nikolay II ga xati, “Iqrornoma” asari.

 

Dunyo adabiyotining sara asarlari – “Oʻtgan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, “Telba”, “Bechoralar”, “Yolgʻizlikning yuz yili”, “Chol va dengiz”, “Qumdagi ayol”, “Shovqin va gʻazab”, “Uliss”, “Ityurak”larni yozib oʻtirmadim, ular shundogʻam mashhur, oʻqiladi. Roʻyxatda ular bilan teng, biroq, nisbatan kamroq tilga olinadigan asarlarni qoldirishga harakat qildim.

 

Gulmira Musajonova 1972-yili Toshkent shahrida tugʻilgan. ToshDU, hozirgi Milliy universitetning Jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Oddiy haqiqatlar”, “Men bilgan haqiqatlar”, “Birgalikda koʻramiz” kabi koʻrsatuvlar muallifi va boshlovchisi. “Oltin qalam” mukofoti, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist unvoni bilan taqdirlangan. Ayni vaqtda “Madaniyat va maʼrifat” telekanali katta muharriri sifatida faoliyat yuritadi.

 

Oyina.uzni Telegramda kuzating

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Adabiyot

18:04 / 05.04.2024 0 19453
Yaponiya sotuvga qo‘yiladi

San’at

11:08 / 28.08.2021 8 16796
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi