Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Norqobil Jalil “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi


Saqlash
23:11 / 12.11.2023 520 0

Oyina.uz portali oʻzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʻQISHI SHART BOʻLGAN 10 KITOB” tavsiyasini berishda davom etadi.

Loyihaning 58-kuni Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Norqobil Jalil “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi: 

1. Rauf Parfi, ikki jildlik “Saylanma” kitobi
2. Chingiz Aytmatov, “Jamila” qissasi
3. Shukur Xolmirzayev, “Oʻn sakkizga kirmagan kim bor?”  qissasi
4. Togʻay Murod, “Oydinda yurgan odamlar”  qissasi
5. Murod Muhammad Doʻst, “Galatepaga qaytish” qissasi
6. Ahmad Aʼzam, “Roʻyo yoxud Gʻulistonga safar” romani
7. Erkin Aʼzam, “Pakananing oshiq koʻngli” qissasi
8. Nazar Eshonqul, “Urush odamlari” qissasi
9. Xayriddin Sulton, “Onamning yurti” hikoyasi
10. Xurshid Doʻstmuhammad, “Jajman” romani.


Norqobil Jalil 1961-yili Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning oʻzbek filologiyasi fakultetini tugatgan. “Sogʻinchning rangi”, “Quyoshga tik qarab boʻlmas” kitoblari chop etilgan. Hozirda “XXI asr” gazetasi bosh muharriri. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist unvoni bilan taqdirlangan.


Oyina.uzni Telegramda kuzating

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Adabiyot

18:04 / 05.04.2024 0 19453
Yaponiya sotuvga qo‘yiladi

San’at

11:08 / 28.08.2021 8 16796
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi