Nosirjon Joʻrayev “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi


Saqlash
12:11 / 08.11.2023 713 0

Oyina.uz portali oʻzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʻQISHI SHART BOʻLGAN 10 KITOB” tavsiyasini berishda davom etadi.

 

Loyihaning 55-kuni shoir Nosirjon Joʻrayev “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi:

 

1. Forobiy, “Fozil odamlar shahri” asari

2. Farididdin Attor, “Mantiq ut-tayr” dostoni

3. Dante, “Ilohiy komediya” dostoni

4. Mixail Bulgakov, “Usta va Margarita” romani

5. Abdulla Qodiriy, “Mehrobdan chayon” romani

6. Lev Tolstoy, “Anna Karenina” romani

7. Fyodor Dostoyevskiy, “Telba” romani

8. Chingiz Aytmatovning barcha qissalari.

9. Remark, “Uch ogʻayni” romani

10. Jek London, “Martin Iden” romani.

 

Nosirjon Joʻrayev 1984-yili Namangan viloyatida tugʻilgan. Oʻzbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlagan. Yozuvchilar uyushmasining Yoshlar bilan ishlash boʻlimi adabiy maslahatchisi, “Adib” nashriyoti bosh muharriri, “Sharq” nashriyoti bosh muharrir oʻrinbosari, Gʻafur Gʻulom nashriyoti bosh muharriri vazifalarida ishlagan. 2019-2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida faoliyat yuritgan.

 

Ijodkorning “Ulgʻayish kunlari”, “Muhabbatdan soʻng…”, “Eng qudratli zarra”, “Sharh”, “Mangulik kemasi”, “Noyabr kuyi”, “Aksincha”, turk tilidagi “Hasratning shakli” (“Hasretin şekli”) sheʼriy kitoblari nashr etilgan. 2023-yil “Amazon” saytida “Noyabr kuyi” nomli hikoya va qissalar toʻplami ingliz va nemis tillarida 10 dan ortiq davlatda sotuvga chiqarilgan. Shoir “Shuhrat”(2018), “Ahmad Yassaviy”(2023) medallari bilan taqdirlangan. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

 

Oyina.uzni Telegramda kuzating

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Adabiyot

18:04 / 05.04.2024 0 19453
Yaponiya sotuvga qo‘yiladi

San’at

11:08 / 28.08.2021 8 16796
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi