Professor Shuhrat Sirojiddinov “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi


Saqlash
18:10 / 18.10.2023 2485 2

Oyina.uz portali oʻzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʻQISHI SHART BOʻLGAN 10 KITOB” tavsiyasini berishda davom etadi.

 

Loyihaning 36-kuni taniqli navoiyshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Sirojiddinov “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi:

 

1. Nizomimulk, “Siyosatnoma yoki siyar ul-mulk” pandnomasi

2. Mirkarim Osim, “Aljabrning tugʻilishi” qissasi

3. Amriddin Berdimurodov, “Samarqand tarixidan tomchilar” kitobi

4. Xayriddin Sultonov, “Odamlardan tinglab hikoya” hikoyalar toʻplami

5. Mirmuhsin, “Temur Malik” romani

6. Ahmadali Asqarov, “Oʻzbek xalqining kelib chiqish tarixi” monografiyasi

7. Usmon Azim, “Soʻngsoʻzlar” asari

8. Fyodor Dostoyevskiy, “Hayotiy hikmatlar va tanbehlar toʻplami”

9. Choʻlpon, “ Kecha va kunduz” romani

10. Eshqobil Shukur, “Bobo soʻz izidan” kitobi

 

 

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori Shuhrat Sirojiddinov 1961-yil 23-iyulda Samarqand viloyati, Kattaqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. Shuhrat Sirojiddinovning 300 dan ortiq ilmiy va oʻquv-uslubiy ishlari eʼlon qilingan. Qator monografiyalari Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga bagʻishlangan. Jumladan, “Alisher Navoiy aqidalari”, “Alisher Navoiy. Manbalarning qiyosiy-tipologik tekstologik tahlili”, “Mir ʼAlī Shīr Navāʼī the Great”, “Navobaxsh baytlar jozibasi”, “Matnshunoslik saboqlari”, “Oʻzbek matnshunosligi qirralari”, “Hijriy va milodiy yillarni oʻzaro tabdil qilish usullari”, “Islom falsafasiga kirish: Kalom ilmiʼ, “Soʻfi Olloyor ilohiyoti“, “Sheʼriyatda inson ruhiy kamoloti talqini”, “Badiiy tarjima asoslari” kabi oʻnlab kitoblar muallifi. Sirojiddinov boshchiligida AQSh, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Hindiston, Buyuk Britaniya, Olmoniya, Afgʻoniston universitetlarida oʻzbek tilini oʻqitish ishlari olib borildi.

 

Professor Shuhrat Sirojiddinov qator mamlakatlarning faxriy doktorlik unvonlariga ham erishgan. Jumladan, u Ozarboyjon Fanlar akademiyasi faxriy doktori. Dobrolyubov nomidagi Nijniy Novgorod davlat lingvistika universiteti faxriy professori (Rossiya). Markaziy Osiyo tadqiqotlari Xalqaro assotsiatsiyasining hamraisi (Koreya). New York Fanlar akademiyasi aʼzosi. Kaliforniya Fanlar akademiyasi aʼzosi. Yevrosiyo turkiy tadqiqotlar instituti ilmiy maslahatchisi (Koreya). Filologiya fanlari boʻyicha doktorlik ilmiy darajasini berish boʻyicha ilmiy kengash raisi (Toshkent, Oʻzbekiston). Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Oʻzbekiston Milliy Universiteti huzuridagi doktorlik ilmiy darajasini berish boʻyicha kengashlar aʼzosi. Chingiz Aytmatov nomidagi mukofot bilan taqdirlangan. “Alisher Navoiy: manbalarning qiyosiy-tipologik, tekstologik tahlili” monografiyasi uchun Oʻzbekiston Respublikasining Adabiyot sohasida 1-darajali Davlat mukofoti laureati (2013), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi unvoni (2021) bilan taqdirlangan.

 

 

 

Oyina.uzni kuzatib boring

 

 

 

 

 

2 Izohlar

Madina Muxtarova

17:11 / 22.11.2023

Oʻsha kitoblarni ham sahifaga yuklab qoʻysangiz xursand boʻlar edim

Temur

14:10 / 20.10.2023

Ha, balki shundaydir. Lekin hayotda o'sha 10 kitobdan ham o'qilishi muhimroq bo'lgan kitoblar bor

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Adabiyot

18:04 / 05.04.2024 0 19453
Yaponiya sotuvga qo‘yiladi

San’at

11:08 / 28.08.2021 8 16794
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi