“Ulug‘imsan, Vatanim” mavzusida videoroliklar tanlovi e’lon qilindi

18:11 / 13.11.2023 25649
Saqlash

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining 32 yilligi munosabati bilan “Ulug‘imsan, Vatanim” mavzusida videoroliklar tanlovini eʼlon qiladi.

 

Tanlovga Davlat bayrogʻi haqidagi 3 daqiqadan oshmaydigan videoroliklar qabul qilinadi.

 

Ishtirokchilar ijodiy ishlarini ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z sahifalariga #bayroq32 heshtegi bilan joylab, havolasini Oyina.uz portalining Telegramdagi @oyinauz_bot manziliga shaxsiy maʼlumotlari (pasport nusxasi, bog‘lanish uchun telefon raqami) bilan birga yuborishi talab etiladi.

 

Videoroliklar 17-noyabr kuni soat 15:00 ga qadar qabul qilinadi.

 

Tanlov g‘oliblari 32, 43, 50 dyumli televizor, kitoblar to‘plami hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining diplomi bilan taqdirlanadi:

 

  • 1-o‘rin – televizor (50 o‘lchamli),
  • 2-o‘rin – televizor (43 o‘lchamli),
  • 3-o‘rin – televizor (32 o‘lchamli).

 

Yana 3 ta rag‘batlantiruvchi o‘ringa kitoblar to‘plami taqdim etiladi.

 

Tanlov haqidagi barcha maʼlumotlar Oyina.uz portali va uning Telegram kanalida eʼlon qilib boriladi.

 

Oyina.uz'ni Telegramda kuzating!

5 Izohlar

Abdurahmon

14:11 / 17.11.2023

Men video yasadim

Gulnoza Raximova Ro'zmatovna

14:11 / 17.11.2023

Tanlov zo'r tashkil qilingan, ishlarizga omad,men bugun joyladim kecha eshitgandim, inobatga olinarmikan

Tohir

14:11 / 17.11.2023

Yaxshi tashkil qilinibdi tashkilotchilarga rahmat

Mohira

13:11 / 17.11.2023

Assalomu alaykum menga bu tanlov juda ham yoqdi. Har yili maktabda bayrog'imiz tadbirini o'tkazaman. O'quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash biz ustozlarimizning mehnati yozztadii.

Nilufar Xolboyeva

13:11 / 17.11.2023

Bayroģimiz hamisha hilpirab tursin

Izoh qoldirish