Davlat madhiyasi


O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O'zbekiston Respublikasining 1992-yil 10-dekabrdagi 768-XII-sonli «O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to'g'risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan. Abdulla Oripov she’ri, Mutal Burxonov musiqasi.

Madhiyani tinglang (2,27 mb)

Madhiya matni


Serquyosh, hur o‘lkam, elga baxt, najot,
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Oltin bu vodiylar – jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!
Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu bo‘l obod!

Oltin bu vodiylar – jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!