Ishoqxon to‘ra Ibrat shoir, tarixnavis, tilshunos va islomshunos sifatida o‘zidan boy meros qoldirgan. Xatning o‘n yetti turida qalam yurgizgan mohir xattot, o‘z nomida «Matbaai Ishoqiya»ni tashkil etgan birinchi o‘zbek noshirlaridan edi.
Ulug‘ ma’rifatparvarning ushbu «Tanlangan asarlar»idan shu paytgacha o‘quvchilarga ma’lum bo‘lmagan «Mezon uz-zamon» asari, o‘nga yaqin yangi she’rlari, o‘z davrining dolzarb muammolariga bag‘ishlangan publitsistik maqolalari o‘rin olgan. Shuningdek, «Tarixi Farg‘ona»ning muallif dastqalami asosida ko‘chirilgan mo‘’tabar nusxasidan tayyorlangan matni kitobxonlar e’tiboriga havola etilmoqda.
Izoh yo‘q