Botu taxallusi bilan ijod qilgan Mahmud Hodiyev (1904–1938) o‘tgan asrning 20-yillarida xalqimiz o‘rtasida nafaqat shoir, balki har tomonlama bilimli, iste’dodli va fidoyi jamoat arbobi sifatida ham tanilgan. U, ayniqsa, yoshlik nashidasi bilan sug‘orilgan, tengdoshlarining oliyjanob intilishlariga ruh va kuch bag‘ishlaydigan she’rlari bilan yosh avlodning mehr-muhabbatini qozongan edi. Botu 26 yoshida «aksilinqilobchi», «millatchi» va «xalq dushmani» sifatida qamoqqa olinib, o‘n yillik jazo muddatini o‘tash uchun dastlab Solovets orollariga yuboriladi, so‘ngra 1938-yil 9-mayda Moskvaga olib kelinib, otib tashlanishi bilan uning porloq adabiy istiqboliga qonli nuqta qo‘yiladi.
Ushbu «Tanlangan asarlar» keng kitobxonlar jamoatchiligida qiziqish uyg‘otadi, degan umiddamiz.
Izoh yo‘q