Jahon chempionatining dastlabki o‘yinida o‘zbek bokschisi g‘alaba qozondi

Saqlash
11:10 / 26.10.2021 887 0

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati start oldi. Musobaqada hamyurtlarimiz orasida birinchi bo‘lib bahsga kirishgan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-67 kg) dastlabki bahsni ishonchli o‘tkazdi.

Irlandiyalik Brendan Makkiviga qarshi ringga ko‘tarilgan farg‘onalik bokschimiz jang davomida to‘liq ustunligini namoyish etdi. Yakunda bu hakamlarning qarorida ham aks etib, Mo‘ydinxo‘jayevning 5:0 hisobidagi g‘alabasi e’lon qilindi. Hamyurtimiz keyingi bosqichda falastinlik Xararaga qarshi bahs olib boradi.

Bugun, 26-oktabr kuni jahon chempionatida uch nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi:

- 80 kg. Odiljon Aslonov — Yusuf Changalavey (Tanzaniya) (19:20 dan keyin).

- 51 kg. Hasanboy Do‘smatov — Saken Bibosinov (Qozog‘iston) (21:00).

- 75 kg. Saidjamshid Jafarov — L.Ferneza (Slovakiya) (23:05dan keyin).

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish