Samarqandda yugurish marafoni bo‘lib o‘tadi

Saqlash
10:10 / 25.10.2021 981 0

2021-yilning 5-7-noyabr kunlari Samarqand shahrida xayriya yugurish marafoni  bo‘lib o‘tadi. Yarim marafon O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Turizm va sport vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Yarim marafondan tushgan mablag‘ nogironligi bo‘lgan shaxslarni madaniy muassasalarga ishga joylashtirish kabi xayriya maqsadlariga sarflanadi. Tadbirning dastlabki ikki kunida ma’rifiy va  madaniy dasturlar o‘tkaziladi, ular doirasida yarim marafon ishtirokchilari va mehmonlari konsert hamda film tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi. Poyga 7 noyabr – so‘nggi kunga mo‘ljallangan. Yarim marafon trassasida poyga ishtirokchilari yugurish yo‘li davomida shaharning barcha diqqatga sazovor joylarini ko‘rish imkoniyatlari ega bo‘ladi.

Gʻoliblar uchun mukofot jamg‘armasi tashkil etilgan. 1-dan 3 -o‘ringacha bo‘lgan erkaklar va ayollar mutlaq hisobda pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish