Oʻzbekiston ilk bor stenddan oʻq otish boʻyicha OCH gʻolibligini qoʻlga kiritdi

Saqlash
15:08 / 01.08.2022 671 0

Qozogʻistonning Olma-ota shahrida oʻtkazilgan stenddan oʻq otish boʻyicha Osiyo chempionatida Shohruh Sadirov yoshlar oʻrtasida trap yoʻnalishida Oʻzbekiston tarixidagi ilk oltin medalni qoʻlga kiritdi. Bu haqida Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Trap — stenddan oʻq otish boʻyicha musobaqa oʻtkazish maydoni. Uning dumaloq stenddan farqi yoʻnalish raqamlari toʻgʻri chiziqda joylashgan boʻladi. Trap musobaqalari 1990-yildan beri Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan.

 

Ikkinchi oʻrin qozogʻistonlik Maksim Bedarevga, uchinchi oʻringa eronlik Muhammad Beyranvard nasib etdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish