Oʻzbekistonlik polvon sport kurashlari boʻyicha jahon chempioni boʻldi

Saqlash
12:07 / 28.07.2022 800 0

25−31-iyul kunlari Italiya poytaxti Rim shahrida oʻtkazilayotgan erkin, yunon-rum va ayollar kurashi boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida oʻzbekistonlik sportchilar bittadan oltin, kumush va bronza medalini qoʻlga kiritdi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati.

 

Aytjan Xalmaxonov 51 kg vazngacha boʻlgan polvonlar oʻrtasidagi bahslarda ishtirok etib, finalda eronlik Muhammadrizo Golamini magʻlub etdi va oltin medalga sazovor boʻldi.

 

Oʻzbekistonlik yana bir atlet Shaxzod Roʻzioxunov 45 kg vazngacha boʻlgan polvonlar bellashuvlarida qatnashib, finalda ukrainalik Yevgeniy Pokovbaga imkoniyatni boy berdi va jahon chempionatining kumush medalini qoʻlga kiritdi.

 

Xurshidbek Normuhammadov esa 55 kg vazngacha boʻlgan polvonlar oʻrtasidagi kurashlarda gruziyalik Saba Surmanidze bilan birgalikda bronza medalini qoʻlga kiritdi. Mazkur vazn toifasida hindistonlik Suraj Suraj oltin, Ozarbayjon vakili Faraim Mustafayev kumush medaliga ega boʻldi.

 

Chorshanba kungi bahslardan soʻng Oʻzbekiston terma jamoasi umumiy reytingda uchta medal bilan 4-oʻrinda bormoqda. Yunon-rum kurashlari boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 37 mamlakatdan kelgan atletlar medallar uchun kuch sinashmoqda.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish