Sport sohasida pullar yana talon-taroj qilindi

Saqlash
20:07 / 26.07.2022 778 0

Suzish federatsiyasi mansabdor shaxslari va boshqalar mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilib, juda koʻp miqdorda jamiyat manfaatiga zarar yetkazgani maʼlum boʻldi. Bu Bosh prokuratura tomonidan tegishli idoralar bilan bilan birga oʻtkazilgan tekshirishda aniqlandi.

 

Xususan, terma jamoa hamda uning zaxirasi tarkibiga kiritilmagan fuqaro RFning Volgograd shahrida oʻtkazilgan xalqaro yigʻinga yuborilib, 72 mln soʻm byudjet mablagʻlari asossiz ishlatilgan, deyiladi xabarda.

 

Shuningdek, 2021-yilning oktyabr-dekabr oylarida jami 287 nafar sportchi “D” MCHJga qarashli mehmonxona xizmatidan foydalanmagan boʻlsalarda, foydalanganlik haqida elektron hisob-fakturalarga soxta yozuvlar kiritgan. Natijada 1 mlrd soʻmlik pul mablagʻi talon-toroj qilingan.

 

Hozirda mazkur holatlar boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish