Oʻzbekistonlik bokschilar Quvaytdagi musobaqada 5 ta oltin medalni qoʻlga kiritdi

Saqlash
16:07 / 26.07.2022 770 0

Quvaytning Al-Quvayt shahrida boks boʻyicha “1-xalqaro musobaqa” oʻz yakuniga yetdi.

 

Ushbu musobaqada oʻzbekistonlik charm qoʻlqop ustalari ham ishtirok etishdi va umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashdi. Bokschilarimiz musobaqa yakuniga koʻra, 5 ta oltin va 1 ta bronza medaliga sazovor boʻldilar.

 

Terma jamoamiz safida Abdumajid Mannopov, Abdumalik Xalakov, Javlonbek Yoʻldoshev, Dilshodbek Roʻzmetov va Diyor Oʻralov oltin medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, Lazizbek Fattoyev bronza bilan yurtimizga qaytadigan boʻldi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish