Toshkent ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempionati—2024 ga mezbonlik qiladi

Saqlash
19:07 / 19.07.2022 734 0

Oʻzbekiston ogʻir atletika boʻyicha 2024-yilgi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. Bu haqida Milliy Olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati maʼlum qildi.

 

Toshkentda oʻtkazilgan Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasining (IWF) kongressida bu haqda maʼlum qilingan. Mazkur musobaqada Parij—2024 Olimpiya oʻyinlari uchun ochkolar oʻynaladi.

 

Oʻzbekistondan tashqari Hindiston va Turkmaniston qitʼa birinchiligini oʻzida oʻtkazish uchun ariza topshirgandi. Yakunda mezbonlik Toshkent shahriga berilgan.

 

2024-yilda boʻlib oʻtadigan musobaqaning sanasi va taqvimi keyinroq eʼlon qilinadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish