Jahon chempionati kelasi yilga qoldirilishi mumkin

Saqlash
16:10 / 08.10.2021 926 0

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini kelasi yilga qoldirishni rejalashtirmoqda, deya xabar bermoqda O‘zA.

Ushbu musobaqa joriy yilning dekabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan edi. Bu haqda rasmiy qaror 20 oktyabr kuni e’lon qilinadi.  

Ma’lumot uchun: JAR va Qatar mamlakatlari klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilish istagini bildirgan. Mazkur chempionatning amaldagi g‘olibi Myunxenning "Bavariya" jamoasi hisoblanadi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish