"Time" jurnali Oʻzbekistonni 2022-yilning eng zoʻr joylari roʻyxatiga kiritdi

Saqlash
14:07 / 14.07.2022 792 0

Oʻzbekiston mustaqil boʻlganining 30 yilligini nishonlayotgan bir paytda, yangi loyihalar va ochilishlar xalqaro sayohatchilarga Markaziy Osiyo mamlakatini yanada qulayroq oʻrganish imkonini beradi, deya yozmoqda "Time" jurnali.

 

«2011-yilda yoʻlga qoʻyilgan tezyurar poyezdlar tarmogʻi hozirda Xivaning qadimiy Ipak yoʻli bekatigacha kengaytirilmoqda, bu esa poytaxt Toshkentdan YUNESKOning Butunjahon merosi obyektlariga sayohat qilishni osonlashtiradi. Ipak yoʻlining yana bir shahri Samarqandda esa kitobga oʻxshash yangi aeroport terminali ochildi.

 

640 gektar maydonda joylashgan va Samarqand eshkak eshish kanalini oʻz ichiga olgan “Ipak yoʻli Samarqand” majmuasi joriy yilning kuzida ochiladi. Uning tarkibiga 22 qavatli “Samarkand Regency Amir Temur” nomli dunyoning yetakchi mehmonxonalari aʼzosi va yana yettita mehmonxona kiradi. Shu yilning kuzida Oʻzbekistonda ilk bor “Ipak yoʻli” adabiyot festivali boʻlib oʻtadi», – deyiladi maqolada.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish