Iyul oyida bir qator mamlakatlar koronavirus cheklovlarini qayta joriy qildi

Saqlash
20:07 / 08.07.2022 799 0

Qatarda 7-iyuldan boshlab mahalliy aholi va sayyohlar yopiq joylarda, shu jumladan transportda niqob taqishlari shart. Maʼlum boʻlishicha, mamlakat bir oydan koʻproq vaqt davomida ushbu cheklovlarsiz yashagan. 21-mayda hukumat yopiq jamoat joylarida majburiy niqob taqishni bekor qilgan edi. Bunday himoya vositalaridan faqat tibbiy muassasalarda va transportda foydalanish kerak edi.

 

Xuddi shunday talab Kiprda 8-iyuldan kuchga kiradi. Sogʻliqni saqlash vaziri Mixalis Xadzipandelasning aytishicha, 12 yoshdan oshgan barcha fuqarolar niqob taqishlari shart.

 

Qozogʻistonda ham infeksiyaga chalinganlar soni ortib bormoqda. Rasmiylar fuqarolarga hech boʻlmaganda transportda, vokzallarda va aeroportlarda niqob taqishni tavsiya qilmoqda. Ushbu muassasalar xodimlari uchun himoya vositalaridan foydalanish endi maslahat emas, balki burch hisoblanadi.

 

Fransiya hukumati aholini bino ichida va transportda niqob taqish rejimiga qaytishga chaqirmoqda. Ammo rasmiylar niqob taqishni majburiy qilishga hali erta deb hisoblashmoqda.

 

Turkiyada Tibbiyot assotsiatsiyasi hukumatni majburiy niqob taqish tartibini qaytarishga chaqirdi.

 

Italiya ham koronavirus yuqtirganlar sonining koʻpayishi bashorat qilinmoqda. Shunday qilib, Sogʻliqni saqlash vazirining ilmiy maslahatchisi, professor Valter Richchardi oy oxirigacha SARS-CoV-2 koronavirusining yangi toʻlqini va sentyabr oyi oʻrtalarida maktablar qayta ochilgandan soʻng oktyabrgacha favqulodda holat qaytishini taxmin qilmoqda.

 

U 80 yoshdan oshganlar va bolalarni emlashni davom ettirish zarur, deb hisoblaydi. Richchardi nafaqat Italiyada, balki butun Yevropada yopiq joylarda majburiy niqob taqishni bekor qilishni xato deb atadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish