Saratonga qarshi yangi vaksina topildi

Saqlash
21:06 / 13.06.2022 1118 0

AQSH va Yaponiya olimlari saraton kasalligiga qarshi vaksina yaratdi. U immunitet tizimini mustahkamlash orqali organizmdagi xavfli oʻsmalarni yoʻq qilishga yordam beradi.

 

Maʼlumki, hozirga qadar bu xastalikni davolashda soʻnggi chora sifatida kimyoterapiya va nur terapiyasi muolajalari hamda jarrohlik amaliyoti qoʻllanib kelinmoqda.

 

Tadqiqotchilar yangi vaksina har qanday yoshdagi bemorlarda samara berishi, qolaversa, saratonning barcha turlariga qarshi kurasha olishini taʼkidlamoqda.

 

Preparat allaqachon jonivorlarda sinovdan oʻtkazilgan. Bu jarayonda vaksina xavfli oʻsmalarni “mudofaa” qiluvchi “qotil” hujayralarga taʼsir koʻrsatishi aniqlandi. Yaʼni u saraton hujayralari yuzasida oqsillar zichligini oshirib, immunitetni “ragʻbatlantiradi”.

 

Ayni paytda olimlar vaksinani bemorlarda sinovdan oʻtkazmoqda. Bu jarayon muvaffaqiyatli yakunlansa, zamonaviy tibbiyot saraton oʻsmalariga qarshi kurashishning yangi usuliga ega boʻlishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish