Vodiy viloyatlari emlanish bo‘yicha yuqori o‘rinda

Saqlash
10:09 / 17.09.2021 993 0

Yurtimizda 3 yarim million nafardan oshiq koronavirusga qarshi aholi to‘liq emlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 17 881 943 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 10 276 097  nafarni,

2-bosqichda emlanganlar 5 649 580 nafarni,

3-bosqich emlanganlar 1 956 266 nafarni tashkil qildi.

Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 3 517 178 nafarni tashkil qilmoqda.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:

Farg‘ona viloyatida 2 010 745 doza,

Namangan  viloyatida 1 944 244 doza,

Andijon viloyatida 1 942 884 dozani tashkil qilmoqda.

Emlash jarayonlari davom etadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish