Umida Omonova jahon chempioni boʻldi

Saqlash
21:05 / 02.05.2022 1141 0

Oʻzbekistonlik Umida Omonova rapid yoʻnalishida 16 yoshgacha qizlar oʻrtasida jahon chempioni boʻldi. 

 

Yaqinda u xotin-qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati oliy ligasida gʻolib boʻlgan.

 

Shuningdek, bundan 3 yil avval, 13 yoshida shaxmatchi Umida Omonovaga FIDE ustasi unvoni berilgan. Shu tariqa u Oʻzbekiston tarixida ushbu unvonni qoʻlga kiritgan eng yosh ayol masterga aylangan.

 

Maʼlumot uchun, 2006-yilda tugʻilgan Umida Omonova – oʻz yosh toifasida Oʻzbekistonning eng kuchli shaxmatchisi sanaladi. U oʻz yosh toifasida rapid va blis yoʻnalishida jahon chempioni, standart yoʻnalishida esa jahon vitse-chempioni hisoblanadi. Shuningdek, Umida rapid va blis yoʻnalishida oʻquvchilar oʻrtasida Osiyo chempionatining mutlaq chempioni hamdir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish