Eldor Shomurodov "Roma"ning g‘alaba qozonishiga katta hissa qo‘shdi

Saqlash
09:09 / 13.09.2021 1404 0

Italiya A seriyasining 3-turidan o‘rin olgan "Roma" hamda "Sassuolo" jamoalari o‘rtasidagi bahs 2:1 hisobida yakunlandi.

Uchrashuvning 37-daqiqasida  Brayan Kristante gol urib, “Roma”ni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 57-daqiqada Filip Jurichich hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limning 74-daqiqasida Mourino Zaniolo o‘rniga hamyurtimiz Eldor Shomurodov maydonga tushdi. Eldorning zaxiradan tarkibga qo‘shilishi “Roma”ning hujumkor o‘yinini kuchaytirdi. E.Shomurodov 90-daqiqada jamoadoshi El-Shaaraviga qulay tarzda to‘p uzatdi va uni italiyalik futbol yulduzi golga aylantirdi.  

Shu tariqa,"Roma" ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolar sonini 9 taga yetkazib oldi va turnir jadvalida peshqadamga aylandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish