Xalqaro «Sayan yurishi» musobaqasida oʻzbekistonlik harbiylar bu yil ham kuchli uchlikdan oʻrin oldi

Saqlash
16:04 / 18.04.2022 910 0

Kecha, 17-aprel kuni xalqaro armiya oʻyinlari doirasidagi «Sayan yurishi» musobaqada ishtirok etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan yurt oʻgʻlonlari tantanali kutib olindi.

 

Bir necha kun davomida Rossiya Federatsiyasi hududida oʻtkazilgan musobaqada Oʻzbekiston, Xitoy, Rossiya, Rossiya ayollar jamoasi, Qirgʻiziston, Tojikiston, Eron, Abxaziya va Janubiy Osetiya davlatlaridan, jami 9 ta jamoalar oʻz davlati shaʼnini munosib himoya qilishdi.

 

Musobaqa nizomiga koʻra jamoalar harakatlanish qiyin boʻlgan togʻ hududlarida 50 kilometrlik marshrutni bosib oʻtib, 12 ta shart boʻyicha koʻrsatilgan meʼyorlarni mahorat bilan bajarishdi.

Qayd etilishicha, shartlarni tezkor va aniq bajarishda, boshqa jamolarda kuzatilganidek hamyurtlarimizga ham oson boʻlmadim. Har bir jamoa ishtirokchilaridan nafaqat mutaxassis sifatida mahoratni koʻrsatish, balki musobaqa nizomiga muvofiq jangovar va jismoniy tayyorgarlikni namoyish qilgan holda harakatlanish talab qilindi.

 

Umumiy natijalarga koʻra Rossiya Federatsiyasi jamoasi birinchi, Xitoy jamoasi ikkinchi, yurtimiz harbiy xizmatchilari esa uchinchi oʻrinni egallashdi. Gʻolib va sovrindorlarga medal hamda xalqaro armiya oʻyinlarining esdalik sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi. Mazkur musobaqada Oʻzbekistonlik harbiy xizmatchilar ikkinchi bor ishtirok etib, oʻtgan yilgi natijani saqlab qolishdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish