Rasman: O‘zbekiston futbol hakamlari markazi faoliyat boshlaydi

Saqlash
17:04 / 15.04.2022 1517 0

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston futbol hakamlari markazi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqida vazirlikning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar qildi.
 
Ma’lum qilinishicha, markazning asosiy maqsadi – O‘zbekiston Respublikasi hududida futbol musobaqalarini boshqaruvchi hakamlar va nazoratchilar faoliyatini muvofiqlashtirilishini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston futbol assosiasiyasi, O‘zbekiston Professional futbol ligasi, futbol klublariga va boshqa tashkilotlarga yordam ko‘rsatish, hakamlar va nazoratchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek ularni tashkiliy-boshqaruv faoliyatiga ko‘maklashishdan iborat.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish