JSST: Havoning ifloslanishi har yili 7 million odamning oʻlimiga sabab boʻlyapti

Saqlash
11:04 / 06.04.2022 1627 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti xulosasiga koʻra, bugun dunyo aholisining 99 foizi ifloslanish darajasi meʼyoriy koʻrsatkichdan yuqori boʻlgan havodan nafas olmoqda. Bu insoniyat salomatligi uchun jiddiy tahdiddir.

 

“Havoning ifloslanishi har yili 7 million odamning oʻlimiga sabab boʻlyapti, — deydi JSSTning iqlim oʻzgarishi, salomatlik va atrof-muhit masalalari boʻyicha departamenti direktori Mariya Neyra. — Shuningdek, bu holat koʻplab kasalliklarni avj oldirmoqda.

 

Masalan, atmosferadagi zaharli moddalar oʻpka orqali qon aylanish tizimiga kirib, yurak-qon tomir xastaliklarini keltirib chiqarishi mumkin.

 

Qolaversa, olimlar fikricha, havoda azot dioksidi miqdori oshishi nafas yoʻllarida jiddiy muammolar, xususan, bronxial astmani yuzaga keltiradi.

 

Shu bois, JSST dunyo mamlakatlarini atmosfera ifloslanishining oldini olishga qaratilgan samarali choralar koʻrishga chaqirdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish