Zuhriddin Qodirov Oʻzbekiston tarixida jahon chempioni boʻlgan ilk qilichbozga aylandi

Saqlash
08:04 / 04.04.2022 949 0

Zuhriddin Qodirov BAAda oʻtayotgan musobaqada gʻolib boʻlib, Oʻzbekiston tarixida jahon chempioni boʻlgan ilk qilichbozga aylandi. Bu haqida Milliy Olimpiya qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi.

 

Oʻsmirlar toifasida sablya qurolida bahs olib borgan sportchi Kanada, Misr, Vengriya, AQSH va finalda Germaniya vakillari ustidan gʻalaba qozondi.

 

Hal qiluvchi bellashuvda Qodirov Kolin Xetkokni 15:13 hisobida dogʻda qoldirdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish