O‘zbekiston Ozarbayjonga 19.2 mingta konditsioner eksport qilgan

Saqlash
11:08 / 31.08.2021 862 0

  Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 11 ta xorijiy davlatga qiymati 7.5 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 34.3 mingta kondisioner eksport qilgan.

 Kondisioner eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2.7 mln. AQSH dollariga oshgan.

 O‘zbekiston 2021 yilning 7 oyida kondisioner eksport qilgan davlatlar:
 Ozarbayjon – 19.2 mingta
 Tojikiston – 6.4 mingta
 Rossiya – 3.4 mingta
 Turkmaniston – 1.8 mingta
 Qirg‘iz R. – 1.5 mingta
 Qozog‘iston – 1.3 mingta
 Moldova – 487 ta
 Turkiya – 100 ta
 Yaman – 99 ta
 Afg‘oniston – 65 ta
 Armaniston – 6 ta

2021 yilning dastlabki 7 oyida kondisioner eksport qilgan hududlar:
Toshkent shahri – 6.6 mln.
Toshkent viloyati – 819.8 ming
Andijon viloyati – 1.2 ming AQSH dollari

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish