Qarshi shahrida Ma’naviyat maskani ish boshladi

Saqlash
11:08 / 31.08.2021 1553 0

Prezident raisligida 2021-yil 19-yanvar kuni o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishidagi topshiriqlar hamda joriy yil 26-martdagi qaror asosida Qarshi shahrida qurilgan Ma’naviyat maskani keng jamoatchilik ishtirokida foydalanishga topshirildi.

 

Ma’naviyat maskanining birinchi qavatida nuroniylar hordiq chiqarishi uchun joy va majlislar zali o‘rin olgan. Unda Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati  joylashgan.

Shu munosabat bilan kecha ushbu maskanda “Yangi O‘zbekistonning ma’naviy va madaniy taraqqiyoti asoslari” mavzusida ijodkorlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, jamoatchilik vakillari ishtirokida tadbir tashkil etildi. Unda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ham qatnashdi va so‘zga chiqdi.

So‘ngra galdagi vazifalarni samarali bajarish, mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha fikrlashib olindi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish