"Yangi O’zbekiston' majmuasida Mustaqillik monumentining ochilish marosimi boshlandi

Saqlash
11:08 / 31.08.2021 1301 0

   Toshkent viloyati, Qibray tumanida barpo etilgan «Yangi O‘zbekiston» majmuasida Mustaqillik monumentining ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Mass-media fondi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Mass-media fondi matbuot xizmati

 

   — Agar yuqoridan nazar tashlasangiz, bog‘ning shakli ulkan daraxtning beshta shoxiga o‘xshaydi. Bu Harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo‘nalishini ifoda etadi.  Bu go‘zal bog‘da poytaxtimiz aholisi, Toshkent viloyati va barcha hududlarimizdan, xorijdan keladigan mehmonlar yayrab dam olishi, oilasi, farzandlari bilan birga mazmunli hordiq chiqarishi uchun barcha zamonaviy sharoitlar yaratilmoqda.  Bu yerda sun’iy ko‘l, sport maydonchalari, bolalar o‘yingohlari, amfiteatr, favvoralar, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’yektlari, hunarmandchilik do‘konlari barpo etildi va etilmoqda, — dedi Prezident.

   Mamlakatimiz rahbari majmua yonida Olimpiya shaharchasi barpo etilishi va unda 2025-yili Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlarining asosiy musobaqalari o‘tkazilishini, shuningdek, majmua hududida zamonaviy oliy ta’lim dargohi, tibbiyot klinikalari, xalqaro ko‘rgazma markazlari va boshqa ob’yektlardan iborat shaharcha bunyod etilishini ma’lum qildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish