Ertadan Erondan issiq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda

Saqlash
09:08 / 31.08.2021 1028 0

  Sentyabr oyining boshlarida O‘zbekistonning ayrim viloyatlarida quruq va huddi yoz oylaridek issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

  Ma’lum qilinishicha, faqat Toshkent viloyatida, shuningdek respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida momaqaldiroq bilan biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati ushbu kunlarda kechalari +15…+20 darajani, kunduz kunlari +30…+35 darajani tashkil etadi.

  Kelgusi oyning birinchi besh kunligida O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan yana issiq va quruq havo kirib kelishi boshlanadi. Respublikaning barcha hududida kuchsiz, ba’zi joylarda biroz shamollar bilan asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

   Harorat yana ko‘tarila boshlaydi va haftaning oxiriga kelib, kunduz kunlari termometr ustuni +36…+39 darajagacha ko‘tariladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish