Buvayda tumanida Ma’naviyat va ma’rifat maskani ochildi

Saqlash
11:08 / 30.08.2021 1749 0

Buvayda tumani Qoratepa qishlog‘idagi sobiq  yoshlar markazi binosi olti yuz million so‘m mablag‘ evaziga tubdan ta’mirlanib, Ma’naviyat va ma’rifat maskani barpo etildi.


Maskan markaziy ko‘chada, aholi qatnovi uchun qulay joylashgan. Qarshisida “Megapark” istirohat bog‘i mavjud. Ma’naviyat dargohidagi kutubxona, ma’naviyat targ‘ibotchilari xonasi, ko‘rgazmalar zali, majlislar zali, milliy hunarmandchilik xonasi, ijodkorlar xonasi zamonaviy va milliy ruhda bezatilgan.


Shu yilning 27-avgust kuni Ma’naviyat va ma’rifat maskanining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyati bo‘limi rahbari X.Islamova, Buvayda tumani hokimi B.Ibragimov ishtirok etdi.


Izoh yo‘q

Izoh qoldirish