Rekord yangilandi: delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 13 taga yetdi

Saqlash
09:08 / 30.08.2021 980 0

Yaponiyada paralimpia o'yinlari davom etmoqda.

Para-yengil atletikaning erkaklar o‘rtasida F41 klassida yadro uloqtirish bahslari yakunlandi. Unda hamyurtimiz Boburjon Omonov Paralimpiya rekordini yangilagan holda oltin medalga sazovor bo‘ldi. Boburjon 14.06 metr natija qayd etdi.

Shu tariqa delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 13 taga yetdi: 5 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish