Yerga asteroid yaqinlashyapti

Saqlash
09:02 / 07.02.2022 1061 0

Ertaga, 8-fevral kuni diametri 150 metr bo‘lgan “2007 UY1” asteroidi yerga yaqinlashadi. Bu haqda AQSH Milliy Aeronavtika va koinot boshqarmasi (NASA) xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, yerga yaqinlashayotgan jism sayyoramiz atrofidan minimal masofada yaqin uchib o‘tadi. U yerga 5,3 million kilometr, ya’ni Yer va Oy orasidagi masofadan 14 marta katta masofagacha yaqinlashadi.

 

Olib borilgan hisob-kitoblarga ko‘ra, uchar jismning yer bilan to‘qnashish ehtimoli juda kam.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish